Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi akvatoriyasida Eron va Italiya harbiy-dengiz mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Eron harbiy-dengiz kuchlarining birinchi harbiy-dengiz hududi qo‘mondoni, admiral Husayn Ozod ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Mashg‘ulotlarda Eron tomonidan “Alvand” va “Albors” esminetslari, Italiyadan “Euro” fregati, ikki tarafdan ham bittadan vertolyot ishtirok etgan.

“Italiya bilan birgalikdagi mashqlar jangovar tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, tajriba va jangovar malaka almashish maqsadida o‘tkazildi”, — deya ta’kidladi admiral. 

Mintaqadagi dengiz qaroqchiligiga qarshi kurash missiyasi doirasida bo‘lib turgan “Euro” fregati 24-sentabr kuni do‘stona tashrif bilan Bandar-Abbos portiga kirdi.

Xabar berishlaricha, 15 yildan beri birinchi bor Italiya harbiy-dengiz kuchlari kemasi Eron portiga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)