Madridning “Atletiko” klubi 16 yoshli hujumchi Salomon Obamani “B” ro‘yxati bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining qaydnomasiga kiritdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Atletiko” rahbariyati asosiy tarkib futbolchilari jarohat olsa, kasallikka chalinsa yoki diskvalifikatsiya qilingan taqdirda ularning o‘rnini bosishi uchun yosh futbolchilar guruhini qaydnomaga kiritgan.
Salomon Obama ro‘yxatda eng yoshi sanaladi. U shu yilning 4-fevral kuni 16 yoshga to‘ldi. Joriy mavsum Salomon UEFA O‘smirlar ligasida ikkita o‘yinda maydonga tushdi.
Izoh (0)