Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdagi yirik qurolli muxolifat guruhlaridan biri — Gulbiddin Hikmatyor boshchiligidagi Afg‘oniston Islom partiyasi bilan tinchlik kelishuvini imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.
Foto: Reuters

Tolo News telekanaliga ko‘ra, Pokiston hududida ekanligi taxmin qilinayotgan Hikmatyor 28-sentabr, chorshanba kuni kelishuvni imzolagan.

Uning dastlabki ko‘rinishi 22-sentabr kuni Kobulda o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar delegatsiyalari tarafidan ma’qullangan edi. 

Ma’lumot uchun, 1993—1994-yillarda Afg‘oniston bosh vaziri lavozimini egallagan Gulbiddin Hikmatyor 2003-yilda AQSh ma’muriyati tomonidan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Uning qayerda ekanligi noma’lum, biroq G‘arb maxsus xizmatlari Hikmatyorning Pokistonda istiqomat qilishini taxmin etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi