Ketma-ket yuz bergan to‘fonlar oqibatida Yaponiyaning eng shimoliy Xokkaydo oroliga 278,6 milliard iyena (2,78 milliard dollar) zarar yetdi. Bu haqda Xokkaydo prefekturasi rasmiylari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bu to‘fonlar oqibatida yuz bergan suv toshqinlari natijasida orolga yetkazilgan tarixdagi eng jiddiy moliyaviy zarar ekanligi ta’kidlanmoqda.
2016-yilda Xokkaydoga jami beshta to‘fon yopirildi. Ular ko‘plab vayronagarchiliklar va suv toshqinlariga sabab bo‘ldi.
Tabiiy ofatlar oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jabrlangan. Noqulay ob-havo temiryo‘l va aviatsiya qatnovida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)