O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 yo‘lidagi raqibi Qatar ertaga — 29-sentabr kuni Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Mundialning 3-saralash bosqichini Eron va O‘zbekistondan uchralgan ikki mag‘lubiyat bilan boshlagan Qatar bosh murabbiyni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga “Ar-Rayyan” klubi ustozi Xorxe Fossatini olib kelgandi.
Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Fossati va uning yangi jamoasi uchun Janubiy Koreya va Suriyaga qarshi rasmiy o‘yinlar oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Koreyaliklar bilan o‘yin 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tsa, Suriyaga qarshi bellashuv oktabrning 11-kuniga tayin qilingan. Serbiya bilan bellashuvga Doha mezbonlik qiladi.
Serbiya terma jamoasi ham JCh—2018 yo‘lida kurash olib bormoqda. Slovolyub Musin boshqaruvidagi serblar 6-oktabr kuni Moldovani sinovdan o‘tkazsa, 9-oktabr kuni Avstriyaga qarshi saf tortadi. Serbiya saralashning ilk turida Irlandiya bilan 2:2 hisobida during o‘ynagandi.
Izoh (0)