Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani uchun ikki nafar tailandlik referi — Tanom Borikut va Chayya Maxapabni umrbod hakamlikdan chetlatdi. Bu haqda, tashkilot matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq Tanom Borikut va Chayya Maxapabga nisbatan Osiyo futbol konfederatsiya (OFK) tomonidan ham xuddi shunday jazo tayinlangan edi.
Bundan tashqari, FIFA Antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki futbolchini diskvalifikatsiya qildi — maltalik Migel Fransika barcha musobaqalardan ikki yilga, fransiyalik Karim de Shadirak olti oyga chetlatildi.
Izoh (0)