Butunjahon bokschilar tashkiloti (WBO) jahon chempioni Tayson Fyuriga ukrainalik Vitaliy Klichkoga qarshi jang o‘tkazmaslik qarorini tibbiy jihatdan asoslash uchun o‘n kun muxlat berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Fyurining Klichkoga qarshi o‘tkazishi kutilayotgan jangi bir necha marotaba ko‘chirilgan edi. 9-iyulga mo‘ljallangan uchrashuv britaniyalik sportchining jarohati tufayli ortga surilgan edi. Ushbu jang uchun sotilgan chiptalar 29-oktabrga qadar amal qiladi. Shunga qaramay, Fyuri bu safar ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq sabablarni ro‘kach qilib, jangni qoldirdi.
Xabarnomada ta’kidlanishicha, agar Fyuri rad javobini sabab bo‘ladigan hujjatlarni o‘z muddatida taqdim etmasa, chempionlik kamaridan judo bo‘lishi mumkin, Klichko esa bo‘shagan rutba uchun boshqa nomzodga qarshi ringga tushadi.
Agar Fyurining dalillari ishonchli deb topilsa, jangni eng uzog‘i bilan 180 kunga qoldirishga ruxsat beriladi.
Izoh (0)