Turkiya janubi-sharqida harbiylar avtobusining portlatilishi oqibatida xavfsizlik xizmatining o‘n xodimi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda“Korrespondent.net”.
Portlash Derik va Qiziltepe shaharlari orasidagi, asosan kurdlar istiqomat qiluvchi katta yo‘lda yuz bergan.
Hozircha hech bir guruh ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Biroq Turkiya hukumati portlashda avval ham shu kabi hujumlarni uyushtirganligini tan olgan Kurdiston ishchi partiyasini ayblamoqda.
Izoh (0)