Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazaxir Panaxov 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Unda mamlakat fuqarolari konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun ovoz berdi.
“Mamlakat prezidenti vakolatlari muddatini oshirishga Ozarbayjondagi referendumda saylovchilarning 91,2 foizi ovoz berdi”, — dedi Panaxov.
Shuningdek, vitse-prezidentlar institutini joriy qilishni yoqlab fuqarolarning 89 foizi ovoz berdi.
Ozarbayjondagi referendumda deputatlikka saylanishdagi yosh cheklovini olib tashlashni 88,3 foiz saylovchilar yoqlab chiqdi, prezident uchun yosh chekloviga qarshi esa ozarbayjonliklarning 91 foizi ovoz berdi.
Izoh (0)