Moskvada davolanayotgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev shu hafta oxirigacha shifoxonadan chiqarilishi mumkin. Bu haqda uning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RBK”.
“Shifokorlar Almazbek Atambayevning ahvoli ancha yaxshilanib borayotganini qayd qilmoqda. Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, prezidentning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda va u shu haftaning oxirigacha chiqarib yuborilishi mumkin”, — deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, Atambayev Nyu-Yorkka uchayotgan paytda, Istanbuldagi Otaturk nomli aeroportda o‘zini yomon his qilgan edi. Shifokorlar unda yurak xastaligi alomatlarini payqab, davolanish uchun olib qolgan edi. Birozdan so‘ng u davolanish uchun Moskvaga keldi.
Izoh (0)