O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi bilan Osiyo Chempionatining chorak finalida mag‘lub bo‘lgan mutaxassis Temur Olimxo‘jayev Iroqqa qarshi mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozdi “Championat.asia”.
“Jamoam juda yomon o‘ynadi. Hech bir rejamiz amalga oshmadi. O‘yin muhim bo‘lgani uchun shogirdlarim asabiylashdi. Bu esa taktik harakatlarga yo‘l bermadi”, — deb mag‘lubiyat sababini tushuntirdi Olimxo‘jayev.
Murabbiy birgina gol o‘zbekistonlik futbolchilarni “sindirgan”ini tan oldi: “Tezkor gol hammasini o‘zgartirib yubordi. Shoshilib o‘ynaganimiz uchun ham hujum qila olmadik. Tezkor gol bizni ‘sindirdi’”.
So‘zi yakunida o‘zbekistonlik mutaxassis kelajakda qanday ishlash kerakligi borasida fikr berdi: “Kelajakda ruhiyat borasida ish olib borishimiz kerak. Guruh bosqichida o‘rtacha o‘ynab, ochko olgandik. Butun turnir fonida olib qaraganda esa o‘zimizning eng kuchli o‘yinimizni ko‘rsata olmadik”.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Iroqdan mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi bor Jahon Chempionati yo‘llanmasidan chetda qoldi.
Izoh (0)