Qimmatbaho telefonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Gresso kompaniyasi iPhone 7 Black Diamond smartfonlar kolleksiyasini chiqardi. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.
iPhone 7 ning dekoratsiyasida 750-probali oltin va umumiy og‘irligi 102 karat (qariyb 20,5 gramm) bo‘lgan 1 450 ta brilliant ishlatilgan.
Mazkur qurilmaning narxi 500 ming dollarga teng. Kompaniya narxi 2,5 ming dollarga teng smartfonning byudjet variantini ham taklif qildi. Ushbu modelning tashqi qismi oltindan yasalgan naqsh bilan bezatilgan titandan ishlangan.
Shveysariyaning Gresso brendi mobil telefonlardan tashqari qimmatbaho fleshka va gadjetlar uchun aksessuarlar ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘zi ishlab chiqargan eng qimmat telefonlaridan biri Grand Premiere bo‘lib, uning tashqi qismi oltindan yasalgan. Mazkur telefonlar 30 ta nusxada ishlab chiqarilgan va har biri yarim million dollar turadi.
Ma’lumot uchun, iPhone 7 smartfoni 7-sentabr kuni rasman taqdim etilgan va dunyo bo‘ylab 16-sentabr kuni sotuvga chiqqan edi. Toshkentda iPhone 7 smartfoni 5,7 million so‘mdan sotuvga chiqdi.
Izoh (0)