BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi apreldan buyon ilk marta Damashqning chekka shaharlari — Madaya va Zabadani, shuningdek, Idlib viloyatining Al-Fua va Kefraya aholi punktlariga insonparvarlik yordami yetkazdi. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Xak jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ushbu hududlarga gumanitar yordam aprel oyidan buyon birinchi marta yetkazildi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 45 ta yuk mashinasi belgilangan punktlarga 25-sentabr, yakshanba kuni yetib borgan.
Xakning ta’kidlashicha, yetkazilgan oziq-ovqat zaxiralari 60 mingga yaqin aholini bir oy davomida ta’minlashga yetadi.
Bundan tashqari, dastur Madaya va Zabadaniga uch oyga mo‘ljallangan oziqlantiruvchi qo‘shimchalarni yetkazdi. Ular 250 nafar bolaning ozib ketishi oldini oladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)