Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 23-turning so‘nggi o‘yinida Navoiyda o‘tib, mahalliy “Qizilqum” klubi “Nasaf”ni qabul qildi va 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
23-tur “Lokomotiv”ning “Obod”ga qarshi ochko yo‘qotishi bilan boshlangan bo‘lsa, 24-sentabr kuni yana 6 ta bellashuv bo‘lib o‘tgandi.
“Qizilqum” — “Nasaf” o‘yinida qarshiliklarning legioner futbolchisi Dragan Cheran 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mezmonlarning legioneri Nemanya Yovanovich ham xuddi shu ishni takrorladi.
“Nasaf” avvaliga 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa, navoiylik futbolchilar keyinroq 3 ta gol urishga erishdi. Qarshi klubini so‘nggi soniyalarda Shahboz Erkinov mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 23-tur bellashuvi 25-sentabr, yakshanba
Izoh (0)