Go‘zal bo‘lish — oson emas, ayniqsa sizda vaqt va pul resurslari cheklangan bo‘lsa. Xayriyat, qo‘l ostidagi masalliqlar yordamida o‘zini tartibga keltirishning sinalgan usullari bor.
Normal teri uchun oqsilli niqob
Bitta tuxum oqini 1 osh qoshiq bug‘doy uni va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan massani yuzingizga suring. O‘n daqiqadan so‘ng nam paxta bilan artib tashlang. Bunday niqobdan keyin teri mayinlashadi va tetiklashadi.Oqartiruvchi niqob
Petrushka (kashnich)ni yaxshilab maydalab, 1 osh qoshig‘ini shuncha miqdordagi smetana va 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i bilan aralashtiring. Yana 10 tomchi A vitaminidan qo‘shing. Massani yuzingizga 10—15 daqiqaga suring, so‘ng avvaliga iliq, keyin esa sovuq suvda yuvib tashlang.Ajinga qarshi niqob
2 osh qoshiq quruq ko‘k no‘xat oling va yaxshilab ezing. 2 osh qoshiq sut zardobidan qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Massani yupqa qilib yuzga suring. 10—15 daqiqadan so‘ng choyga yoki dorivor o‘tlar qaynatmasiga namlangan paxta bilan artib tashlang.Yog‘li teri uchun tinchlantiruvchi niqob
2 osh qoshiq quyuq yogurtga 2 osh qoshiq sut va yarim osh qoshiq kartoshka kraxmalidan qo‘shing. Aralashtirib, hosil bo‘lgan massani yuzga suring. 15 daqiqadan so‘ng sovuq suv bilan yuvib tashlang. Bu niqob terini ortiqcha yog‘dan xalos qiladi va mayinlashtiradi.Har qanday niqobni surishdan oldin terini tozalashni, surib bo‘lgach esa, biroz namlantiruvchi krem surishni unutmang. Shunda natija yanada sezilarliroq bo‘ladi.
Izoh (0)