Serbiyalik velopoygachi Deyan Marich musobaqa paytida yiqilib tushdi va olingan jarohatlar tufayli olamdan o‘tdi. Musobaqa Xitoyning Futszyan provinsiyasida o‘tayotgan edi, deb xabar beradi “TASS”.
Poyganing 16-kilometrida ko‘chki sodir bo‘lib, Marich uning girdobida qolib ketdi. Musobaqa to‘xtatilib, 25 yoshli sportchi shifoxonaga yetkazildi. Ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Izoh (0)