O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.
Qaror O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni 4, 15, 18¹ va 19-moddalariga muvofiq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalariga asosan qabul qilindi.
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta okrug saylov komissiyalarining tasdiqlangan shaxsiy tarkibi batafsil keltirib o‘tildi.
Izoh (0)