Pokiston harbiy-havo kuchlariga tegishli F-7 samolyoti mamlakat shimoli-g‘arbida qulashi oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Pokiston qurolli kuchlari bayonotiga ko‘ra, samolyot Jamrud aholi yashash punktiga yaqin yerda, mashg‘ulotlar chog‘ida halokatga uchradi.
Xavfsizlik xizmati vakillari voqea yuzasidan taftish ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)