Turinning “Yuventus” klubidan “Manchester Yunayted” safiga 105 million yevro evaziga qaytib kelgan va bu bilan dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomini Garet Beyldan tortib olgan Pol Pogba yangi klubidagi ilk golini urdi.
Angliya Premyer-Ligasining 6-turi “Manchester Yunayted” — “Lester” o‘yini bilan start oldi. Uchrashuvning 42-daqiqasiga kelib Pogba raqib darvozasiga kiritilgan to‘rtinchi golga mualliflik qildi.
Pol Pogba bunga qadar “Sautgempton”, “Xall Siti”, “Manchester Siti” va “Uotford” klublariga qarshi chempionat o‘yinlarida, shuningdek, “Feynoord”ga qarshi Yevropa Ligasi doirasida o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, raqib darvozasiga gol ura olmagandi.
Izoh (0)