O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi San’at Sharipov xalqaro darajadagi sport yuristi diplomini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq uning Shveysariyadagi Syurix universiteti magsitraturasiga xalqaro sport huquqi yo‘nalishi bo‘yicha kirgani ma’lum qilingandi. Endi esa San’at Sharipov o‘qishni tamomladi.
Ayni vaqtda JAR futbol federatsiyasida faoliyat olib borayotgan San’at Sharipov Syurixda tashkil etilgan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimida ishtirok etgan. “Championat.asia” sayti marosimga Grossmyunster cherkovi mezbonlik qilganini qayd etgan.
Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Avstriya, Italiya, Turkiya, AQSh, Kanada, Braziliya, JAR, Indoneziya, Polsha, Albaniya, Slovakiya, Xitoy kabi mamlakat vakillari qatorida Sharipovga ham xalqaro darajadagi sport yuristi diplomi bayramona tarzda topshirildi, deb yozildi xabarda. Bu borada u birinchi o‘zbekistonlikka aylandi.
Cherkovdan so‘ng bitiruvchilar bazm uchun Syurix ko‘lida turgan paroxodga chiqqan. Unda FIFA, UEFA, XOQ, SAS, VADA kabi tashkilot vakillari ham ishtirok etgan.
Izoh (0)