Venesuela milliy saylov kengashi muxolifatdan uch kun davomida har bir shtatdagi saylovchilardan 20 foiz ovoz to‘plashni talab qildi, ana shundagina mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning iste’fosi yuzasidan referendum o‘tkaziladi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bu ishni ko‘rsatilgan muddatda amalga oshirish juda qiyin, negaki mamlakatning ayrim hududlari qalin o‘rmon bilan qoplangan. Bundan tashqari, saylov kengashi 19 million saylovchi uchun faqatgina 5392 saylov uchastkasi ochilishini ma’qulladi.
Muxolifat ushbu talablarni konstitutsiyaga zid deb baholadi, lekin referendumga boykot e’lon qilmadi.
Ekspertlar kengash Maduroni o‘z o‘rnida saqlab qolish maqsadida bu ishga qo‘l urganini aytmoqda. Shunga qaramay, hali muxolifatda imkoniyat bor — agarda 26-oktabrdan boshlab uch kun ichida kerakli ovozlar to‘plansa, Maduroni iste’foga jo‘natish bo‘yicha referendum 2017-yilning birinchi choragida o‘tkaziladi.
Izoh (0)