Germaniyaning “Kyoln” futbol klubi o‘yinga pirotexnika vositalarini olib kelib, undan foydalanish natijasida yetti kishining jarohat olishiga sababchi bo‘lgan jamoa muxlisidan sud orqali 30 ming yevro undirib olmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Germaniya Federal oliy sudi muxlislarning o‘yin vaqtidagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun klublar sudga murojaat etishi mumkinligi haqida qaror chiqarganidan so‘ng, “Kyoln” rahbariyati o‘z muxlisiga qarshi sudga da’vo arizasi berishga qaror qilgan.
Hodisa 2014-yili yuz bergan bo‘lib, o‘shanda Germaniya futbol ittifoqi “Kyoln” futbol klubini 50 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan. Shuningdek, klub stadiondagi zo‘ravonliklarning oldini olish uchun 30 ming yevro sarflashga majbur bo‘lgan edi.
Izoh (0)