“PSJ” klubidan “Chelsi” safiga qaytgan himoyachi David Luis “Lester”ga qarshi Angliya Liga Kubogi o‘yinidan (4:2) so‘ng Instagram’dagi sahifasida muxlislardan birining qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“O‘yindan so‘ng juda yaxshi hissiyotlar qoldi, ammo birinchi navbatda men suratdagi yigit haqida to‘xtalmoqchiman. Birinchi marta uni 5 yil avval, men bilan so‘rashish uchun stadiondan mehmonxonagacha ortimdan yugurib kelganida ko‘rganman. U ushbu xatti-harakatni bir necha bor takrorlagan”, — deb yozdi David Luis.
“U doimo xushmuomala bo‘lib, oldimga kelar va quyidagi so‘zlarni aytardi: ‘O‘yin bilan tabriklayman, xayrli tun’. ‘Liverpul’ga qarshi (1:2 —‘Daryo’ izohi) o‘yindan so‘ng mehmonxonaga yetib kelganimda meni ismimni aytib, yugurib kelayotgan yigitni ko‘rganimda haqiqiy shokni his etdim. U mendan biroz kutib turishni so‘radi va o‘sha bolakay ekanini bildim”, — dedi futbolchi.
“Hozir u katta bo‘lib qolgan, ammo avvalgidek dalda bergan edi: ‘Seni va jamoani qo‘llab-quvvatlaymiz, xayrli tun, David’. Futbolchi bo‘lib, shunday insonlarni uchratganimdan xursandman. ‘Lester’ bilan o‘yindan so‘ng unga futbolka berib men sahovatli ish qilmadim, aksincha, u bizni qo‘llab-quvvatlagani bo‘ldi. Haqiqiy muxlis! Rahmat senga!”, – deb yozdi Luis.
Izoh (0)