UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini 2020-yilgi Yevropa chempionati o‘yinlarini biryo‘la 13 ta mamlakat hududida o‘tkazishga qaror qilgan edi, ammo bu ishqibozlarning harakatlanishi va ko‘chib yurishida katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu haqda tashkilotning yangi rahbari Aleksandr Cheferin bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
“Bu qaror biz uchun xavflidir. Bu ishqibozlarga katta muammo tug‘diradi”, — ta’kidladi u AP bilan muloqot chog‘ida.
2014-yil sentabrida UEFA ijroiya qo‘mitasi 2020-yilgi Yevropa chempionatini 13 mamlakatda o‘tkazishga qaror qilgandi. Uchrashuvlar Sankt-Peterburg, Rim, Myunxen, Boku, Kopengagen, Buxarest, Amsterdam, Dublin, Bilbao, Budapesht, Bryussel va Glazgo shaharlarida o‘tishi lozim edi. Final London shahrida o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)