TIV rasmiy saytida O‘zbekistonning Islom hamkorligi tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligiga bag‘ishlangan maxsus qism ochildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekistonning IHT TIVKga raisligi” deb nomlangan maxsus qism o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
“Maxsus qismda mamlakatimizning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raisligi bilan bog‘liq yangiliklarni tezkorlik bilan joylashtirish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)