Tojikiston doim O‘zbekiston bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu haqda Tojikiston mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatning Toshkentdagi elchisi Sodiq Imomiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Tojikiston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik an’analari ko‘p asrlik tarixga ega. Ikki davlat orasidagi mavjud aloqalar va ularni kengaytirish imkoniyatlarini esa deyarli cheksiz deb hisoblash mumkin”, — deya ta’kidladi Imomiy.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Tojikistonda iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. “Bu yutuqlarni keng xalqaro hamkorlik, xorijiy sheriklar, birinchi galda, qo‘shni davlatlar qo‘llab-quvvatlashisiz tasavvur etish qiyin”, — dedi elchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)