AQShning Sietl shahrida istiqomat qiluvchi yigit onasining aybi bilan sodir bo‘lgan YTHni yozib olib, videoni internetga joylashtirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Video boshida u onasi bilan avtoturargohda suhbatlashadi. Ayol uni yo‘lda ehtiyot bo‘lib yurishga chaqiradi.
Syomkaning uchinchi daqiqasida mototsiklchi burilish oldidan keskin to‘xtaydi, shu paytda orqasidan kelayotgan onasi unga uriladi. Ayol kechirim so‘rashiga qaramay, yigit jahlini bosa olmaydi.
Izoh (0)