“Malakas” to‘foni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida bugun, 19-sentabr kuni po‘rtana ogohlantirishi e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
To‘fon mazkur hududga mahalliy vaqt bo‘yicha yarim kechasi juda yaqinlashishi va shundan so‘ng Tokio yo‘nalishi bo‘ylab shimoli-sharqqa harakatlanishi kutilmoqda.Sinoptiklarning ma’lumotlariga qaraganda, kuchli jala bilan birga kechuvchi shamolning tezligi to‘fon hududida soniyasiga 60 metrga yetishi mumkin. To‘lqinlarning balandligi esa sakkiz metrga yetishi kutilmoqda.
Tahdid hududida yo‘lovchi kemalarining harakatlari to‘xtatilgan. Havo va temir yo‘l transporti faoliyatida jiddiy uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Malakas” so‘zi Filippinda amalda bo‘lgan tagal tilida “po‘rtana” degan ma’noni anglatadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)