Zinedin Zidan boshchilik qilayotgan Madridning “Real” klubi Ispaniya La Ligasining 4-turida “Espanyol”ni mag‘lub etdi. Mazkur g‘alaba “qirollik klubi”ni turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqdi.
Bu “Real”ning La Liga doirasidagi ketma-ket 16-g‘alabasi ekani haqida “Sports.ru” xabar berdi. Natijada jamoa 2010/11-yilgi mavsumda “Barselona” boshlagan yurishni takrorlash imkonini qo‘ldan boy bermadi. Kelasi turdagi g‘alaba sabab “Real” mana shu rekordni yangilashi mumkin. Qayd etish kerak, klubning ketma-ket g‘alabali seriyasi shu yilning 2 mart sanasidan boshlangandi.
18-sentabrdan joy olgan markaziy o‘yinlarning birida “Atletik” o‘z uyida “Valensiya”ni taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. 4-turdan keyin valensiyaliklar birorta ham ochko ishlay olmagan yagona klub bo‘lib turibdi.
La Liga 4-turi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Alaves” — “Deportivo” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.
Ispaniya La Ligasi 4-tur bellashuvlari 18-sentabr, yakshanba
Izoh (0)