Afg‘onistonning Uro‘zgon viloyatida chet el harbiy-havo kuchlarining noaniq aviahujumi oqibatida 18-sentabr, yakshanba kuni 8 nafar mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari rhalok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Chet el harbiy-havo kuchlari samolyotlari Trinkot shahri yaqinidagi politsiya nazorat punktiga aviazarba berdi, 8 politsiyasi hayotdan ko‘z yumdi”, — deya viloyat politsiyasi vakili so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Sinxua” agentligi.
Agentlikning suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, politsiya nazorat punktidan 800 metr narida “Tolibon” jangarilari egallab olgan marra joylashgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)