Davlatlarni qochoqlar duch kelayotgan muammolarni hal etishga undovchi petitsiya BMT bosh kotibi Pan Gi Munga topshirildi, deb yozadi “TASS”.
BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandining maxsus yig‘ilishda e’lon qilishicha, hujjatni 1,2 milliondan ortiq odam imzolagan. “Petitsiyani 1 million 242 ming 212 kishi imzolaganligini e’lon qilishdan xursandman”, — dedi u butunjahon tashkiloti Bosh Assambleyasi minbaridan chiqish qila turib.
Pan Gi Mun hujjatni qabul qilar ekan, uning ostiga o‘z imzosini ham qo‘ydi va xalqaro hamjamiyat odamlarning chaqiriqlariga javob qaytarishi lozimligini ma’lum qildi.
“Qochoqlar har bir odam loyiq bo‘lgan narsalar — uy, maktab va hayotda imkoniyatni so‘ramoqda”, — dedi u.
Bosh kotib kelgusi hafta BMT shtab-kvartirasida qochoqlar muammolari bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tishini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)