Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 16-sentabr kuni 22-tur bellashuvlari start oldi.
Oliy Ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan Toshkentning “Obod” klubi “Navbahor”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi va ochkolari sonini 15 taga yetkazib oldi. Natijada 14 ochkoga ega bo‘lgan “Qo‘qon—1912” jamoasi oxirgi o‘ringa tushib ketdi.
Kunning ikkinchi o‘yini Muborakda o‘tib, “Mash’al”ga qarshi o‘yinning so‘nggi soniyalarida jizzaxlik futbolchilar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
22-turning qolgan 6 bellashuvi 17-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 22-tur bellashuvlari 16-sentabr, juma
“Mash’al” — “So‘g‘diyona” 1:1
Gollar: Kenja To‘rayev, 55 (1:0). Ixtiyor Toshpo‘latov, 90+2 (1:1).“Obod” — “Navbahor” 3:0
Gollar: Temur Hakimov, 5 (1:0). Shohruz Norxonov, 69-pen (2:0). Shohruz Norxonov, 88 (3:0).17-sentabr, shanba“Paxtakor” — “Bunyodkor”“Buxoro” — “Qizilqum”“Olmaliq” — “Lokomotiv”“Sho‘rtan” — “Neftchi”“Qo‘qon—1912” — “Metallurg”“Andijon” — “Nasaf”
Izoh (0)