Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Google qidiruv tizimi haqida ma’lumotni olish mumkin bo‘lgan 120 mamlakatdan 36 tasida eng mashhuri ekani hamda o‘zbekistonliklar tomonidan Google’da eng ko‘p qidirilgan APL futbolchisi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

34 yoshli shvetsiyalik futbolchiga asosan Rossiya, Ukraina, Skandinaviya davlatlari, Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlari ko‘proq qiziqqani xabar qilinmoqda. Shuningdek, Zlatan Fransiyada ham eng ko‘p qidirilgan APL futbolchisi bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat terma jamoasi a’zosi, klubdoshi Pol Pogbani ortda qoldirdi.

Skrinshot: “iSport.ua”

Skrinshot: “iSport.ua”

Dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lgan “MYu”ning boshqa bir futbolchisi Pol Pogba 29 mamlakatda eng mashhuri bo‘ldi. Ular orasida Avstraliya, Kanada va Afrikaning ko‘plab davlatlari bor.

Foto: “iSport.ua”

Foto: “iSport.ua”

Buyuk Britaniyada Jeymi Vardi Google’da eng ko‘p qidirilgan APL futbolchisi sifatida qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?