AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi, quvg‘indagi inson huquqlari faoli Edvard Snouden AQSh prezidentligi saylovlarida ovoz berish niyati borligini bildirdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men ovoz beraman”, — dedi u jurnalistlarga 16-sentabr kuni o‘tkazilgan Moskva-Afina video matbuot anjumani chog‘ida.
Shuningdek, u saylovoldi poygasida nomzodlardan hech biri konstitutsiya va inson huquqlariga rioya etish masalasiga urg‘u bermayotganidan afsusdaligini bildirdi.
Izoh (0)