Meksikada noma’lum jurnalistlar El Gráfico De La Sierra haftalik jurnalining bosh muharriri Aurelio Kamposni o‘ldirib ketdi. 15-sentabr, payshanba kuni EFE agentligining ma’lum qilishicha, unga bir necha marta o‘q uzilgan, oqibatda u Puebla shtati shifoxonasida halok bo‘lgan, deb yozadi “TASS”.
Jurnalist avtomobilida uyiga yo‘l olganda uni jinoyatchilar o‘qqa tutgan. Ular voqea joyidan yashiringan, qidiruv ishlari hozircha natija bermadi.
Tergov organlari mazkur qotillik sabablari haqidagi taxminlarini ma’lum qilmadi. Bunga uning kasbiy faoliyati sabab bo‘lishi mumkinligi ham istisno etilmayapti. Chunki Kampos rahbarlik qilgan nashr jinoiy hodisalar haqida maqolalar chop etgan.
Meksika Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyasi Kamposning o‘ldirilishini qat’iy qoraladi va huquqni muhofaza qilish organlarini jinoyatchilarni tutish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Izoh (0)