Parij politsiyasining maxsus qo‘shilmalari namoyishchilarning katta qismini Respublika maydonidan siqib chiqardi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Maydonda mehnat qonunchiligi islohotiga qarshi umummilliy miting o‘tkazilishi kutilayotgan edi.
Parijda hukumat ko‘zlagan islohotlarga qarshi chiqishlar davom etmoqda. Kasaba uyushmalari Bastiliya yaqinida 40 ming kishilik kolonna to‘plab, shahar markaziga yo‘l olgan edi. Ammo namoyishchilar orasiga kirib olgan bezorilar keltirib chiqargan tartibsizlik tufayli politsiya namoyishga aralashdi. Politsiya qatorlariga qarata tosh va shishalar otilgani bois huquq-tartibot vakillari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi.
Shu paytga qadar 12 kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)