Tailand qirolligi turizm va sport vaziri Kopkran Vatanavrankul shu yil 5-oktabrda O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xabar bermoqda.
Vazirning tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Tailand qirolligi hukumati o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Vatanavrankul xonim, shuningdek, 5—7-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ham ishtirok etadi. Tailand qirolligi mazkur tadbir hamkori hisoblanadi.
Izoh (0)