O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 16-sentabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari Kengashi majlisi ishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ilgariroq Abdulaziz Kamilov Bishkek sammiti doirasidagi MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)