Italiyaning Pyachensa shahrida yuk mashinasining namoyishchilar to‘dasiga bostirib borishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. ANSA agentligining ma’lum qilishicha, hodisa 14-sentabr kuni tunda sodir bo‘lgan, deb yozadi “TASS”.
Avtomobilning bosib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 53 yoshli misrlik o‘zi ishlagan kompaniya oldidagi namoyishda ishtirok etayotgan edi. ANSA’ning aniqlik kiritishicha, faqat mo‘jiza tufayli namoyishning boshqa ishtirokchilari jabrlanmagan. Yuk mashinasi haydovchisi qo‘lga olingan.
Norozilik namoyishi kasaba uyushmalaridan biri tomonidan tashkil etilgan edi. Namoyish voqea guvohiga aylangan politsiya tomonidan nazorat qilinayotgan edi.
Izoh (0)