Tailandda yil boshidan buyon Zika virusini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 200 taga yetdi. Bu haqda qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Kasallikni yuqtirib olganlar soni oshganligiga qaramasdan, shifokorlar aholini sarosimaga tushmaslikka chaqirmoqda.
“Vaziyat oxirgi uch haftada barqarorlashdi”, — deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi doimiy kotibi o‘rinbosari Suvanchay Vattanaingcharoyenchay. U, shuningdek, har hafta xavfli virusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 20 ta holat qayd etilayotganligini ta’kidladi.
Mamlakatning shimoliy, sharqiy va markaziy qismlarida joylashgan Chiangmay, Chantxaburi, Pxetchabun provinsiyalari hududida eng murakkab vaziyat kuzatilmoqda.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, kasallikka chalingan bemorlarning aksariyati hafta davomida sog‘ayib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)