Noyob Saylyugem qo‘ng‘ir ayig‘ining olti oylik bolasi Rossiyaning Oltoy Respublikasi hududidagi Saylyugem milliy bog‘i ichida o‘rnatilgan fototuzoqqa tushdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Milliy bog‘ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, oxirgi 30 yil mobaynida ayiqlarning bu turi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar umuman yo‘q edi.
“Bu populyatsiya qirilib ketmaganini isbotlovchi ilk dalillar ikki yil muqaddam topildi”, — deyiladi matbuot xabarnomasida.
Bog‘ ayiqqa eng yaxshi laqab topish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Mintaqa vakillari taklif qilgan 30 dan ortiq laqab ichida Oltoy, Saylu, Balu, Pux singarilar bor. Eng yaxshi laqab sifatida Sayli tanlab olindi. Bu nom Saylyugemning qisqartmasidir.
Izoh (0)