Solomon dengizi akvatoriyasida, Solomon orollari poytaxti Xoniara shahridan 83 kilometr g‘arbda 6,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishi 14-sentabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 12:25 da sodir bo‘lgan.
Epimarkazdagi shiddatiga ko‘ra zilzila “vayronkor” sifatida baholangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)