Olimlar ovqatni chaynab yutadigan dumli baliqni aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Janubiy Amerika daryolarida istiqomat qiluvchi Potamotrygon motoro zaharli ichimlik suvi skatlari skelet yoki kosaga ega jonivorlarni yeyishga qodir, deb yozadi Proceedings of the Royal Society B jurnali.
Toronto universiteti biologlari Metyu Kolmen, Kennet Uelch va Natan Lavjoy hamda Vashington universiteti vakili Adam Sammers yuqori tezlikka ega kamera yordamida skat tomonidan o‘ljasining yeyilishi aks etgan video yozishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda baliq ovqatlanish chog‘ida jag‘larini qimirlatayotgani, ya’ni o‘ljasini chaynayotgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)