Gaia kosmik teleskopi yordamida to‘plangan ma’lumotlar yordamida olimlar 1 milliarddan ortiq yulduzlar haqida axborot kiritilgan katalogni yaratdi. Bu haqda, Yevropa kosmik agentligiga (EKA) asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Tuzilgan katalog — yulduzli osmonning shu paytgacha yaratilgan barcha xaritalari orasida eng kattasi”, — ma’lum qildi EKA teleskopi yordamida olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlovchi olimlar guruhi vakili — Entoni Braun Madriddagi chiqishida.
Kartada 1,142 milliard yulduzning nomi, ularning harakat yo‘nalishlari va turli yulduzlar orasidagi masofalar ko‘rsatilgan.
Izoh (0)