Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti boshchilik qilayotgan Germaniyaning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichini yirik — 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.
“Rostov” ustidan qozonilgan g‘alaba nemis klubi uchun Chempionlar Ligasi doirasidagi ketma-ket o‘n uchinchi uy g‘alabasi bo‘ldi. Yevropaning hech bir klubi mazkur musobaqaning uy uchrashuvlaridan ketma-ket 13 tasini o‘z foydasiga hal qilmagandi, deb yozdi “Championat.asia” “Bavariya” rasmiy saytiga asoslanib.
Avvalgi rekord Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga tegishli bo‘lib, inglizlar ketma-ket 12 ta uy uchrashuvini o‘z foydasiga hal qilgandi.
Myunxen jamoasi matbuot xizmati “Bavariya”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi Chempionlar Ligasi startidagi klub uchun eng yirigi ekanini ham qayd etgan.
Izoh (0)