16-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining birinchi plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidagi punktlardan biri “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat” bo‘ladi, deb xabar beradi “Jahon” agentligi.
Tadbir davomida, shuningdek, BMTning besh mintaqaviy guruhi (Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, G‘arbiy Yevropa) vakillari, mezbon taraf sifatida AQSh delegatsiyasi hamda O‘zbekiston delegatsiyasi chiqish qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)