Pokistonning Shikarpur shahrida bayram ibodati vaqtida portlash yuz berganligi oqibatida o‘n kishi, jumladan, ikki nafar politsiyachi jabrlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hujum to‘rt nafar xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Xudkushlardan biri portlovchi qurilmani harakatga keltirgan, oqibatda o‘n kishi jarohat olgan. Ikkinchi terrorchi portlash joyidan qochib ketgan.
Boshqa ikki terrorchi shialarning motam marosimlarini o‘tkazish joyida hujum uyushtira olmadi, politsiya ularni shubhali deb topib to‘xtatib qoldi. Ular ham yashirinishga urindi. Shundan so‘ng ulardan biri qo‘lga olindi, boshqasi qochishga uringanda o‘ldirildi.
Portlash davomida jabrlanganlarning barchasi yaqin atrofdagi shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)