Shu yilning 9-sentabr, juma kuni noislomiy tashkilot rahbarlari – Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti Vikentiy, Rim-katolik cherkovi yepiskopi Yeji Matsulevich, Arman apostollik cherkovi ruhoniysi Aramais Grigoryan, Yahudiylar diniy jamoasi raisi Arkadiy Isaxarov, Injil jamiyati Bosh kotibi Xolmat Ashirov O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI)ga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mehmonlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov kutib oldi. Mehmonlar O‘MI rahbariyati hamda butun O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Uchrashuv o‘zbek milliy an’anasiga binoan, dasturxon atrofida do‘stona va samimiy tarzda o‘tdi. Tashrif nihoyasida mehmonlar mahalliy ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi.
Izoh (0)