Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan Belarus sport va turizm vazirligi vakili Andrey Fomochkin bilan birgalikda mamlakat delegatsiyasi rahbarlaridan birining ham akkreditatsiyasi bekor qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Belarus delegatsiyasi a’zolaridan biri, ochilish marosimida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan hamda jamoamizning yana bir rahbarlaridan birini akkreditatsiyadan mahrum qilish haqida qaror qildi”, – deyiladi Belarus sport va turizm vazirligining matbuot xizmati xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, Xalqaro paralimiya qo‘mitasi Belarus termasiga Paralimpiya o‘yinlari vaqtida siyosiy aksiyalar o‘tkazishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va shunga o‘xshash holatlarning takrorlanishiga yo‘l berilmasligi haqida rasman ogohlantirildi.
Izoh (0)