Moskvadagi banklardan birida 1,5 million rubl pulni qalbaki hujjatlar yordamida naqdlashtirishga uringan nafaqaxo‘r ayol politsiya tomonidan ushlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bank vakilining bildirishicha, ayol bir erkak bilan birga 1,5 million rubllik pul sertifikatini ko‘rsatib, uni naqdlashtirishni so‘ragan. Kredit muassasi xodimlari ayolning shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqiqiyligidan shubhalanib, politsiyaga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari gumondorlarni qo‘lga olgan.
Ayol taqdim etgan pasport boshqa kishiga tegishliligi aniqlangan.
Izoh (0)